“Qamchiq” dovoni bo`yicha ob-havo ma'lumoti

Joriy yilning 30 noyabr kuni kechasi va 1 dekabr kuni tongda “Qamchiq” dovonining A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lida kuchli qor yog‘ishi kuzatiladi. Tuman tushadi, yo‘lning ko‘rinish chegarasi 50-100 m ni tashkil qiladi.  Shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayadi, yo‘lda qor uyumlari to‘planib, yaxlaydi. 

Ob-havoning keskin pasayishi va yo’lda harakatlanishda noqulayliklar tug’ilishini inobatga olib, yo’lda ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so’raymiz.

FVV Matbuot xizmati 

Davlat ramzlari