FVV ogohlantiradi:
2 iyun kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimol hamda cho‘l hududlarida 40-42*S gacha issiq bo‘ladi.

“Qamchiq” dovonida qor yog‘ishi kutilmoqda

2019 yil 29-30 dekabr kunlari  A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 -100 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 15-20 m gacha  kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, muzlamalar  hosil bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin xavfsizlik qoidalariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech