Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy ofat bo'yicha rasmiy bayonot

O`zbekiston Temir yo`llari AJ Axborot-tahliliy media markazining xabariga ko`ra, joriy yilning yil 30 aprel kuni soat 21:25 da Toshgo'zar – Boysun – Qumqo'rg'on temir yo'lining Oqrabot – Chashmaihofizon temir yo'l uchastkasining 103 km.da (Oqrabot stantsiyasidan 8 km uzoqlikda) yer ko'chkisi sodir bo'ldi.

Bu vaqtda ushbu uchastkadan №081-sonli Sariosiyo – Toshkent yo'nalishdagi yo'lovchi poyezdi harakatlanayotgan edi va poyezdning 3 ta vagoni harakatdan to'xtadi. Mazkur poyezd ishchi-xodimlari (brigadasi) tomonidan o'z vaqtida amalga oshirilgan tezkor sa'yi-harakati tufayli barcha yo'lovchilar poyezdining qolgan vagonlariga ko'chirildi. Qayd etish joiz, mazkur holatda jabrlanganlar yo`q. 

Soat 22:10 da №081-sonli poyezd “Dehqonobod” stantsiyasiga yetib keldi. U yerda yo'lovchi poyezdi to'liq texnik ko'rikdan o'tkazildi, shuningdek, yo'lovchilarni joylashtirish maqsadida qo'shimcha ikkita vagon ulandi. Sariosiyo – Toshkent yo'nalishdagi yo'lovchi poyezdi o'z manziliga yetib bordi.

Hozirgi vaqtda, shikastlangan temir yo'lning ustki qismi to'liq tiklanib po'lat izlari tiklandi va yuk tashish va yo'lovchi poyezdlarning harakatlanishi belgilangan tartibda yo'lga qo'yilgan.

Ko'chki sodir bo'lgan hudud "O'zbekiston temir yo'llari" AJ xodimlari tomonidan nazoratga olingan.

Davlat ramzlari