FVV ogohlantiradi:
6 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19*S iliq, kunduzi 23-28*S iliq bo'ladi.

Qashqadaryoda "NEXIA-1” avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballonida yorilish sodir bo‘ldi

Bugun, 22 aprel kuni soat 07:07da Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, “Istiqlol” MFYda joylashgan Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida “NEXIA-1” rusumli avtomobiliga o‘rnatilgan gaz-balloni yorilishi yuzaga keldi.

Buning oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan hamda shoxobchaning 1 nafar ishchisiga tan jaroxati yetgan. Jabrlangan ishchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech