Qozog‘iston Respublikasi Jambul oblasti Korday tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Tezkor raqamlari” ochildi.

2018 yilning 21 aprel kuni soat 07:40 da Qozog‘iston Respublikasi Jambul obasti Korday tumani hududidan o‘tuvchi «G‘arbiy Yevropa - G‘arbiy Xitoy» avtomobil yo‘lining 205 km. da «Olmaota-Chimkent». Yo‘nalishida xarakatlanayotgan davlat raqami 048 AXZ/13 «Mersedes Sprinter» mikroavtobusi to‘kilgan tosh uyumiga urilib xalokatga uchragan. Mikroavtobusda 19 kishi bo‘lib ularning 17 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari  2 nafari Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari bo‘lishgan.

Yo‘l transport xodisasi natijasida 3 nafar kishi halok bo‘lgan va 8 nafar kishi shifoxonaga yotqizilgan. Birlamchi ma'lumotlarga asosan halok bo‘lganlarning ikki (2) nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va bir (1) nafari Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi етти (7) nafar jabrlanganlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. Jabrlanganlar Jambul viloyatining Korday markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan.

 YTX natijasida halok bo‘lganlar:

  1. Madatov Sh., 1977 y.t.
  2. Teshabuyev A., 1971 y.t.

Jabrlanganlar:

  1. Jamalov I., 1971 y.t.
  2. Xakimov A., 1969 y.t.
  3. Kalmurzayev B., 1994 y.t.
  4. Xusanov E., 1986 y.t.
  5. Davronov X., 1976 y.t.
  6. Madatov A., 1968 y.t.
  7. Madatov D., 1981 y.t.

 

Halok bo‘lganlarning jasadi Jambul oblastining Korday markaziy shifoxonasida saqlanmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Tezkor raqamlari” (+998 71) 147-10-50.

O‘zbekiston Respubliksining Qozog‘iston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasi +7 727 291-06-44.

Davlat ramzlari