Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Tezkor raqamlari” ochildi.

2018 yilning 13 avgust kuni soat 01:15da Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar departamenti Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 12 avgust kuni taxminan soat 17:30da Turkiston viloyati, Kazigurt tumanidan o‘tuvchi “Olmata-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 786 km da “Daymler Kraysler” rusumli mikroavtobus va “GAZ-53” rusumli yuk avtomobilining to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Natijada, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 1 nafari voqea joyida vafot etgan, 10 nafari turli darajada tan jarohati olib, Sariagash tumani kasalxonasiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqaro:

1 Mirmusaev S.  1956 y.t. (Toshkent shahrida yashagan). Qozog`iston Respublikasi, Turkiston viloyati, Qazigurt rayoni morgida

Tan jarohati olgan fuqarolar:

  1. Urmanova S. 1960 y.t. (Toshkent viloyati, Yangiyo`l tumani Bunyodkor ko`chasida yashaydi. Hozirda Sariagash rayoni kasalxonasida) 
  2. Zaripova S. 1965 y.t. (Toshkent shahri Mirobod tumani Said Baraka ko`chasida yashaydi).
  3. Yuldashev J. 1977 y.t. (Toshkent shahri Olmazor tumani Forobiy ko`chasida yashaydi).
  4. 4 Yuldasheva D. 1982 y.t. (Toshkent shahri Olmazor tumani Forobiy ko`chasida yashaydi).
  5. Kuralbaev E. 1984 y.t. (Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Istiqlol” QFYda yashaydi).
  6. Nosirova N. 1986 y.t. (Toshkent shahri Yunusobod tumani 14-dahada yashaydi. Hozirda Sariagash rayoni kasalxonasida).
  7. Jienbaeva M. 1986 y.t. (Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Istiqlol” QFYda yashaydi).
  8. Fayzullaev I. 2003 y.t. (Toshkent shahrida yashaydi). 
  9. Farxatov M. 2007 y.t. (Toshkent shahrida yashaydi).  
  10. Farxatov A. 2013 y.t.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Tezkor raqamlari” (+998 71) 147-10-50.

O‘zbekiston Respubliksining Qozog‘iston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasi +7 727 291-06-44.

Davlat ramzlari