Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Quyichirchiq tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

3-iyul kuni soat 13:22 da Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Do‘stobod shaharchasi Bibixonim ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:26 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:19 da o‘rab olingan va soat 14:32 da o‘chirilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra yong‘in natijasida savdo majmuasining taxminan 400 kv.m maydoni yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech