Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 7-iyun kuni soat 14:00 da Samarqand viloyati Samarqand shahar “Farovonlik” MFY M.Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan “VERBATIM” MChJ va “BAXT” MChJ binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:03 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:30 da qurshab olingan va soat 16:20 da bartaraf etilgan. Shuningdek, yong‘inga viloyat Obodonlashtirish boshqarmasining texnikalari ham jalb etilgan.

Yong‘in natijasida binoning taxminan 200 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech