Sergeli tumanida avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda

24 fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumani «No‘g‘ayqo‘rg‘on» maxallasida er osti kanalizatsiya quvirida avariya yuzaga keldi. Avariya natijasida maxalla hududidagi to‘rta xonadon hovlisiga qisman oqava suvlari toshib kirdi.

Avariyani bartaraf etish uchun Toshkent shahar xokimiyati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat sanitar-epidemiologik nazorat markazi va boshqa kommunal xizmatlarning kuch va vositalari jalb qilindi.

Avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.    

Davlat ramzlari