FVV ogohlantiradi:
21 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda Korakalpok, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida kor yomg'ir yog'ib tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat). Harorat 0-5 C iliq' bo'ladi.

Sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibati

2019-yilning 11-sentyabr kuni soat 03 dan 45 daqiqa oʻtganda Fargʻona viloyati Oltiariq tumani “Ustoz” MFY, Tabassum koʻchasida joylashgan ikki qoʻshni uylarda yongʻin boʻlayotganligi haqida yongʻin-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

Yongʻin haqida alanga maydoni kengayib ketgandan soʻng yongʻin xavfsizligi xizmatiga xabar berilgani uchun 4 ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari koʻrsatilgan manzilga yetib borganida imoratning asosiy tom qurilish konstruksiyalari yonayotganligi maʼlum boʻlgan. Birinchi boʻlinmalar koʻrsatilgan manzilga soat 04:00 da yetib borgan (eng yaqin yongʻin-qutqaruv qismigacha masofa 17 km). Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 04:05 da qurshab olingan va soat 05:05 da toʻliq oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida 71-uyning 200 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda 72-uy darvozaxonasining 10 kv.metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yongʻindan 71-uyning uyning 100 kv.metr va 72-uyning esa 200 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yongʻin vaqtida 71-uy egasi fuqaro Yo.G. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan (ahvoli qoniqarli).

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech