26-27 mart kunlariga Respublika hududi uchun ob-havoning tahlili

FVV FAVQULODDA VAZIYATLARDA BOSHQARUV MARKAZINING XABARI:

Uzgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 26-27 mart kunlari Volga bo’yidan Kaspiy dengizi orqali O’zbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutiladi.

26 mart kuni respublikamiz hududida yomg’ir yog’ib, momoqaldiroq bo’lishi mumkin. Qoraqalpjg’iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi.

27 mart kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari hududlarida  yomg’ir yog’ib, momoqaldiroq bo’lishi mumkin. Respublikaning boshqa hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi.

27 mart kuni O’zbekiston bo’ylab havo haroratining pasayishi kutilib,  kechasi havo harorati 5-10 daraja iliq, shimolda 2-7 daraja iliq, joylarda 0-2 daraja sovuqgacha, kunduzi 15-20 daraja iliq bo’ladi.

Davlat ramzlari