“Qamchiq” dovoni bo`yicha ob-havo ma'lumoti

FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining 2018 yil 16 yanvar kuniga "Qamchiq" dovoni bo'yicha ma'lumoti: 

Ob-havo ma'lumoti: Оb-havo o'zgaruvchan, vaqti-vaqti bilan qor yog'adi, tuman tushadi. Shamol tezligi 5-10 m/s (18-36 km/s) tashkil etadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 5-7 daraja sovuq.

2018 yil 17 yanvar soat 07.00 holatiga: Bulutli, joylarda kuchsiz qor, tuman. Havo harorati 4 daraja sovuq. Ko'rinish 4 km. Yo'l holati toza, harakat ikki tomonlama. Qor ko'chish xavfi mavjud emas.

Avtomobil yo'lining holati: FVV, IIV va O'zavtoyo'l bo'limlari "Qamchiq" dovoniga safarbar qilingan xizmatlari tomonidan avtotransportlarda harakat xavfsizligini ta'minlash va qordan tozalash ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Avtomobil yo'li toza harakat ikki tomonlama. Dovondagi harakat shtat rejiimida, barqaror ishlamoqda.

Yo'llarda muzlama bo'lishini inobatga olib, ehtiyoj bo'lmagan vaziyatlarda "Qamchiq" dovoniga tunggi vaqtdda avtotransportlarda harakatlanmaslikni tavsiya etamiz. 

O'zbekiston Respublikasi FVV FVBM 

 

 

 

 

 

 

 

Davlat ramzlari