15-17 aprel kunlariga Respublika hududi uchun ob-havoning tahlili!

FVV FAVQULODDA VAZIYATLARDA BOSHQARUV MARKAZINING XABARI:

Uzgidromet bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 15-16 aprel kunlari Turkmaniston Respublikasidan Povoljya orqali O’zbekiston Respublikasi hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda.

17 aprel kuni nam va sovuq havo oqimining ta'siri respublika hududida saqlanib qoladi.

15-17 aprel kunlari Respublikaning ko’plab hududlarida yomg’ir yog’ib, shamol tezligi 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacha bo‘lishi mumkin. Tog`li hududlarda esa kuchli yomg’ir, momaqaldiroq bo`lishi kuzatiladi.

15-16 aprel kunlari havo harorati kechasi 10-15 C daraja iliq, kunduzi 15-20 C daraja iliq bo`lishi kutilmoqda.

17 aprel kuni havo harorati pasayib, kechasi 5-10 C daraja iliq, kunduzi 13-18 C daraja iliq bo‘ladi.

15-17 aprel kunlari Respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi kutilmoqda.

Davlat ramzlari