Hamkorlikdagi ishlarning natijalari

2017 yilda FVV tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda sel oqimi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, uning zararini kamaytirishga qaratilgan bir qator amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Bunda asosiy e'tibor xavfli hududlarda o‘z vaqtida qirg‘oq mustahkamlash ishlarini amalga oshirish, sel oqimlarini betalofot o‘tkazib yuborish, selga xavfli uchastkalarda uy-joy qurmaslik va xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanmaslik yuzasidan profilaktik targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga qaratildi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda sel oqimi, toshqinlari oqibatida fuqarolarning o‘limi va jabrlanishi holatlari kuzatilmadi. 

Davlat ramzlari