DO’STININING “TEZKOR RAQAMGA” QILGAN QO’NG’IROG’I VATANDOSHIMIZNI ONA YURTIGA SOG’-SALOMAT QAYTISHIGA YORDAM BERDI.

FVVNING “TEZKOR RAQAM” XRONIKASIDAN…

2018 yil 23 yanvar kuni soat 13:20da vazirlik Markaziy apparatida favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha tashkil etilgan tezkor shtabning 147-10-50 telefon raqamiga O’zbekiston Respublikasi fuqarosi T. Shokirov qo‘ng‘iroq qilib, joriy yilning 16 yanvar kuni Tailand Qirolligi Pattaya shahriga Toshkent shaharida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan Qudrat To‘xtanazarov 3 nafar o‘rtoqlari bilan dam olishga borishganligi va dam olish jarayonida Q.To‘xtanazarov skuterni boshqarayotgan vaqtda ehtiyotsizlik sababli yiqilib, tan jaroxati olganligi to‘g‘risida xabar berdi.

Vazirlik FVBM tezkor navbatchisi zudlik bilan mazkur ma’lumotni Tashqi ishlar vazirligiga yetkazib, so‘ngra Tashqi ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan hamkorlikda mazkur fuqaroni sog‘-omon olib kelish bo‘yicha choralar ko‘rilib, fuqaro Q.To‘xtanazarov 3 nafar o‘rtoqlari bilan 2018 yil 25 yanvar kuni soat 03:30da I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga olib kelindi.

Jabrlangan fuqaro Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda kutib olinib, maxsus texnika yordamida soat 05:25da Respublika travmatologiya institutiga joylashtirildi va unga “Chap boldir to‘pig‘ini yopiq sinishi, qoniqarli turish, qo‘l, oyoq va tanasida ko‘p shilingan jarohat” tashxisi qo‘yildi. Hozirda ahvoli qoniqarli.

Davlat ramzlari