FVV ogohlantiradi:
18 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, respublika bo'yicha yomg'ir yog'ib, kechga yaqin kuchayadi, shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog'ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq – 2*S iliq bo'ladi.

FVV “TEZKOR RAQAMI” NING SUTKA DAVOMIDAGI FAOLIYATI

27 yanvar kuni soat 09:00dan 28 yanvar kuni soat 09:00gacha FVV “Tezkor raqami”ga “Call center” orqali Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlari, hamda Toshkent shahar aholisidan amaliy yordam so’rab va turli xil axborot-xabarlar to’g’risida murojaatlar kelib tushdi.

Xususan, 6 nafar fuqarolar “Qamchiq” avtomobil yo’lining hozirgi holati va ob-havo ma’lumoti haqida, 3 nafar fuqarolar sovuq havoning hozirgi holati va davomiyligi haqida, Xorazm viloyatida istiqomat qiliuvchi fuqaro esa uyidagi elektr energiyasini tiklashda amaliy yordam so’radi.

Qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida murojaat etgan fuqarolarning barcha murojaat va savollariga javob berildi va qutqaruv guruhlari tomonidan quyidagilarga yordam berildi:

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan temir eshigi ochib berildi va ko’p qavatli uyning liftida qolgan fuqaroni chiqarishga amaliy yordam ko’rsatildi;

Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani “Balxiyon” MFYda mahalliy quvur liniyasida bosim darajasini oshirishga amaliy yordam ko’rsatildi.

FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech