FVV “TEZKOR RAQAMI” NING SUTKALIK FAOLIYATI.

23 fevral kuni soat 08:00dan 24 fevral kuni soat 08:00gacha FVV “Tezkor raqami”ga “Call center” orqali respiblikamiz aholisidan amaliy yordam so’rab va turli xil axborot-xabarlar to’g’risida 10 ta murojaatlar kelib tushdi.

Xususan, 2 nafar fuqarolar “Qamchiq” avtomobil yo’lining hozirgi holati va ob-havo ma’lumoti haqida, 8 nafar fuqarolar turli xil mavzularda amaliy yordam so’radilar.

Qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida murojaat etgan fuqarolarning barcha murojaat va savollariga javob berildi.

FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi

Davlat ramzlari