FVVdan 13-15 mart kunlari uchun ob-havo bo‘yicha ishonchli axborot

FVVdan 13-15 mart kunlari uchun ob-havo bo‘yicha ishonchli axborot

Internet-resurslarda O‘zgidromet ma’lumotlari bo‘yicha havo haroratining keskin pasayib ketishi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassislari yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekistonda bahorning boshi va o‘rtasi deyarli har doim ob-havoning nobarqarorligi, havo haroratining keskin o‘zgarishlari bilan xususiyatlidir. Odatda bu davrda ko‘proq yomg‘ir yog‘adi, lekin mart oyida 1-2 marotaba qor yog‘ishi deyarli har yili kuzatiladi. Bu respublikamizning o‘ziga xos iqlimiy sharoitlari bilan bog‘liqdir. Mart oyida mo‘tadil kengliklarning frontal zonalari yetarlicha faol bo‘lgani uchun respublikamiz hududiga Rossiyaning Yevropa qismidan, kamdan kam Uraldan, ba’zan hatto G‘arbiy Sibirdan sovuq havo oqimlari kirib keladi. Shu bilan bir vaqtda mart oyida janubiy jarayonlar ham faollashadi, ya’ni bahorgi iliqlik kirib, jala yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.

Huddi shunday bu yil ham mart oyining birinchi o‘n kunligida nam va iliq ob-havo kuzatildi, harorat kunduzi 23-27 darajagacha ko‘tarildi, keyinchalik respublikamiz hududiga salqin havo oqimi kirgandan so‘ng harorat foni ancha pasaydi.

13-15 mart kunlari  O‘zbekistonga G‘arbiy Qozog’iston orqali Uraldan navbatdagi sovuq havo massalari kirib keladi.

13 mart kuni respublikamiz hududi bo‘ylab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, O‘zbekiston shimolida yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

14-15 mart kunlari respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Repsublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

16-17 mart kunlari respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi.

13 mart kuni respublika shimolida havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliqgacha tushishi kutilmoqda.

14 mart kuni butun respublika bo‘yicha kechasi harorat 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 1-3 daraja sovuq, kunduzi esa 7-12 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab havo haroratining bunday o‘zgarishlari bahorning birinchi yarmi uchun xos.

 

 

Davlat ramzlari