NAVOIY VILOYATIDA KUZATILGAN KUCHLI SHAMOL OQIBATLARI.

FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining xabari:

Joriy yilning 25 mart kuni soat 16:00dan 16:30gacha Navoiy viloyati, Tomdi tumani “Yangi Tomdi” QFYda shamol tezligi 18 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.

Kuchli shamol, 2 qavatli shaxsiy yashash uyining 522 kv.m tom qismini buzilishiga olib keldi.

Kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish uchun Tomdi tumani hokimiyatida tuman hokimi rahbarligida Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar boshqarmalaridan, tuman kommunal xizmati va boshqa tegishli idoralar vakillaridan iborat shtab tashkil etilib, kerakli kuch va vositalar safarbar etildi.

Hozirgi vaqtda binolarning tomlarini ta'mirlash uchun avariya-tiklash tadbirlari tashkil etilgan.

Kuchli shamol natijasida jabrlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmadi.

Davlat ramzlari