O'zbekiston hududida anomal issiq va quruq havo kutilmoqda

O'ZBEKISTON HUDUDIDA ANOMAL ISSIQ VA QURUQ HAVO KUTILMOQDA.

FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining (FVBM) xabarnomasi:

O'zgidromet ma'lumotiga ko'ra, 2018 yil 19-23 iyul kunlari O'zbekistonga xorijiy davlat (Eron) dan quruq va juda issiq havo Turkmaniston orqali kirib keladi.

Shu munosabat bilan, respublikaning aksariyat hududlarida havoning kunduzgi harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga oshib, 40-43 darajani tashkil etadi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 44-45 gacha qiziydi, garmsil kutilmoqda.

19-23 iyul kunlari respublikaning tog' va tog' oldi mintaqalarida havo haroratining oshishi munosabati bilan Tojikiston va Qirg'iziston hududlaridan glyasiyal (muzlikning erishi natijasidagi) sel kelishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, havfsizlik choralarini ko’rishingizni, ko’p miqdorda ichimlik suvini iste’mol qilishingizni, zaruratsiz ko’chaga chiqmaslikni, jismoniy harakatlarni kamaytirishingizni so’raymiz.

Davlat ramzlari