Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ZILZILA QAYD ETILDI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ZILZILA QAYD ETILDI

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko’ra 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da O’zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi. Zilzila markazi Toshkent shahridan 465 km uzoqlikda janubiy yo’nalishda Afg’oniston Respublikasi hududida qayt etilgan.

Zilzila magnitudasi markazda 5,2 ballni tashkil etdi. Zilzila kuchi Toshkent shahrida 2 ball, Toshkent viloytida 2 ball, Samarqandda 2 ball, Sirdaryoda 2 ball, Farg’onada 2 ball, Namanganda 2 ball, Andijonda 2 ball, Jizzaxda 2 ball, Qashqadaryoda 2 ball, Surxondaryoda 2-3 ballni tashkil etdi.

O’zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar to’g’risida ma’lumot kelib tushmadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech