Qozog‘istonda xalok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi vataniga olib kelindi

Qozog‘istonda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi vataniga olib kelindi

2018 yil 23 mart kuni soat 16:20da Qozog‘iston Respublikasi Karaganda oblasti Abay rayoni hududida joylashgan “Karabas” temir yo‘l stansiyasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1980 y.t. R.Satimova temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtda yuk poyezdi uni urib ketishi natijasida, voqea joyida vafot etgan.

O‘zbekiston FVV va Tashqi ishlar vazirligi bilan olib borilgan hamkorlikdagi harakatlar natijasida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni o‘tkazilgandan so‘ng, joriy yilning 26 mart kuni soat 17:30da halok bo‘lgan ayolning jasadi “G‘ishtko‘prik” o‘tkazish punktiga olib kelinib, kutib olindi va FVV xodimlari kuzatuvida Sog‘liqni saqlash vazirligining mahsus avtomobilida Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga qarindoshlariga topshirish va dafn etish uchun olib ketildi.

Davlat ramzlari