Sаytimizda yangilik!

Hurmatli “O‘zbekiston Respublikasi FVV” sayti foydalanuvchilari!

Biz tomonimizdan saytimizda “Qamchiq” dovoni va “Chimyon” hududidagi ob-havo to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan yangi rukn ochildi.

Mazkur rukn aholi, shuningdek, avtotransport haydovchilari va dam oluvchilarga ob-havo va avtomobil yo‘llari holati to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Siz “Qamchiq” dovoni va “Chimyon” hududidagi ob-havoning o‘zgarishi to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni doimo yangilanib boriladigan veb-saytimizdan, shuningdek,  “Facebook” dagi “MCHS Respubliki Uzbekistan” sahifasi orqali ham olishingiz mumkin.

Qish mavsumida tog‘li hududlarda xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz!