UYALI TELEFON UCH NAFAR INSONNING O‘LIMIGA SABAB BO‘LDI

UYALI TELEFON UCH NAFAR INSONNING O‘LIMIGA SABAB BO‘LDI

2018 yil 26 mart kuni soat 00:15da Namangan viloyatining “1050” tezkor raqamiga Pop tumanida B.Raxmatovga tegishli xonadon xojatxonasida insonlarning toksik gazdan zaxarlanishi sodir bo‘ldi. 

Fuqaro B.Raxmatov xojatxonaga uyali telefonini behosdan tushirib yuborgandan so‘ng, qushnisi E.Niyazovni chaqirib, uning yordamida xojatxonaga tushgan va yig‘ilib qolgan toksik gazdan xushini yo‘qotgan. Qo‘shnisi E.Niyazov uni qutqarmoqchi bo‘lib uning orqasidan tushgan va u xam xushini yo‘qotgan.

B.Raxmatovning otasi X.Raxmatov o‘g‘li va qo‘shnisini olib chiqish maqsadida ularning ortidan xojatxonaga tushgan va u xam xushini yo‘qotgan.

Tezkorlik bilan voqyea joyiga yetib kelgan Namangan viloyati FVB qutqaruv guruhi tomonidan jabrlanganlar xojatxonadan olib chiqilganlar va X.Raxmatovga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, tuman shifoxonasiga joylashtirildi.

Ammo, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan  X.Raxmatov shifoxonada vafot etdi.

Hurmatli fuqarolar! Shunga o‘xshash achinarli va bahtsiz xodisalar sodir bo‘lganda Sizlardan o‘zboshimchalik bilan harakatlanmasdan FVVning qutqaruv xizmatiga murojat etishingizni so‘raymiz.

 

 

Davlat ramzlari