Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Yordam ko‘rsatish:

Yordam ko‘rsatish:

Avval xabar qilinganidek, FVVning rasmiy veb-saytida “Vazirga savol” sarlavhasi ochilgan. Joriy yilning 26 yanvar kuni mazkur sarlavha orqali Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Sh.Mirkomilov “Aniq yashash joyiga ega emas shaxs ko‘chada uxlayotganligi va unga sovuq kunlar o‘tgunga qadar amaliy yordam ko‘rsatilishi zarurligi to‘g‘risida” Vazirga murojaat qilgan.

Vazirning topshirig‘iga ko‘ra, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Qutqaruv guruhi tezkorlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yuborilgan.

Manzilga yetib borgan Qutqaruv guruhi tomonidan Mirobod tumani, Katta Mirobod 2-tor ko‘chasida tashqarida uxlayotgan, aniq yashash joyiga ega emas bo‘lgan, 1952 yil tug‘ilgan, fuqaro Yusupov Aleksandrga birinchi yordam ko‘rsatilib, Mirobod tumani IIB profilaktika inspektori bilan birgalikda yaqin tibbiyot birlashmasiga joylashtirildi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Bunyodkor ko‘chasi, “Bunyodkor” metrosi yaqinida uxlayotgan aniq yashash joyiga ega emas bo‘lgan, 1946 yilda tug‘ilgan fuqaro Sandrunov Anatoliyga birinchi yordam ko‘rsatilib, tegishli choralar ko‘rish uchun Shayxontohur tumani 61-sonli shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimiga topshirildi.

Fuqarolardan va Yurtimiz mehmonlaridan havoning sovuq kunlari issiq kiyinib yurishlarini hamda shaxsiy xavfsizlikka rioya etishlarini so‘rab qolamiz!

 

 

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech