CHIMYONDA QOR KO'CHISH XAVFI E'LON QILINDI

FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabari:

"Uzgidromet" ma'lumotiga ko`ra, joriy yilning 12 yanvar kuni soat 08.00 dan 13 yanvar soat 08.00 ga qadar Chimyon vohasida qor ko'chish xavfi e'lon qilindi.

Ehtiyot choralarini ko'rishingizni so'raymiz.