Qozog‘iston Respublikasida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Tezkor raqamlari” ochildi.

Qozog‘iston Respublikasida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Tezkor raqamlari” ochildi.

Qozog‘iston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasidan olingan ma'lumotga asosan 2018 yilning 1 mart kuni soat 06:00 da  Qozog‘iston Respublikasi Mangistau viloyati  Mangistau tumani Shepte qishlog‘idan o‘tuvchi “Aktau-Beyneu” avtomobil yo‘lida davlat raqami 90 S 830 JA “LADA” Largus rusumli yengil avtomobili davlat raqami 737 DPA/12, “Shacman» rusumli yuk avtomobili bilan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Yo‘l transport hodisasi natijasida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi, birlamchi malumotga asosan voqea joyida 7 nafar inson halok bo‘lgan, ularning 6 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.  

Mazkur holat yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda, halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Tezkor raqamlari” (+998 71) 147-10-50.

 Qozog‘iston Respublikasi IIV FVK “Tezkor raqamlari” +7 777 218-20-10 и +7 727 291-06-44.

Davlat ramzlari