FVV ogohlantiradi:
18 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, respublika bo'yicha yomg'ir yog'ib, kechga yaqin kuchayadi, shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog'ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq – 2*S iliq bo'ladi.

Uzgidrometning ob-havo keskinlashuvi to'g'risida xabari

Uzgidromet ma'lumotiga asosan, Toxiatosh (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) hududida shamolning shimoliy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 10 m/s gacha esishi va 16 m/s gacha kuchayishi, hamda Tuyamuyun (Xorazm viloyati) hududida shimoliy yo‘nalish bo‘yicha 18 m/s gacha esishi va 24 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni so‘raymiz.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech