FVV ogohlantiradi:
23 iyul kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27*S iliq, kunduzi 37-42*S issiq bo'ladi.

Termiz shahridagi transformatorlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 28 iyun kuni soat 12:03da Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Tuproqqo‘rg‘on” MFY Denov ko‘chasida joylashgan elektr podstansiya hududidagi transformatorlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Voqea joyiga Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:08da yetib borgan. Yong‘in soat 12:10da o‘rab olinib, 12:18da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisada jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech