FVV ogohlantiradi:
23 iyul kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27*S iliq, kunduzi 37-42*S issiq bo'ladi.

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi uylarning birida kelib chiqqan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma'lumot

2021 yil 23 iyun kuni soat 17:10da Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Sohilobod” MFY, Niyazboev ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga boshqarmaning 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:36da yetib borgan. Yong‘in soat 17:38da o‘rab olingan va soat 17:54da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa natijasida uyning 30 kv.m. maydonida shift, tom va uy-jihozlari yonib zararlangan. Shuningdek, yong‘in oqibatida uy egasining o‘g‘li halok bo‘lgan. Birlamchi ma'lumotga ko‘ra yong‘in kelib chiqishiga maishiy propan gaz ballonidan foydalanish qoidalarini buzilishi sabab bo‘lgan.  Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech