FVV ogohlantiradi:
6 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19*S iliq, kunduzi 23-28*S iliq bo'ladi.

Toshkent mexanika zavodi hududida chiqindilar yonib ketdi: yong‘in-qutqaruv guruhlari zudlik bilan yong‘inni bartaraf etdilar

Bugun, 26 aprel'kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining navbatchilik qismiga soat 16:32da Toshkent mexanika zavodi hududida sanoat chiqindilari yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Oqibatda 60 kvadrat metrga zarar yetgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yong‘in bir necha daqiqalarda bartaraf etilgan.

Hodisada jabrlangan va qurbonlar yo‘q.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech