Joriy yilning 28 oktyabr kuni soat 13:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko‘chasida joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:03 da qurshab olindi va soat 14:09 da batamom o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 m.kv maydoni yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.