FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Toshkent tumani Sihatgoh ko‘chasida bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 8-oktyabr kuni soat 09:00da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent tumani Sihatgoh ko‘chasida bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:09 da yetib borib, 09:26 da yong‘in qurshab olindi va 09:55da batamom o‘chirildi.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘indan Toshkent tumani Sihatgoh ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan xonadonlar imoratlarining taxminan 250-300 kv.m maydonda tom, shift qismlari va uy-jihozlari yongan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘raydi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech