FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Shodmalik” MFY hududida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan birlamchi ma'lumot

Bugun, 31 may kuni soat 15:52 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcherlik xizmatiga Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Shodmalik” MFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Olmaliq” avtomobil' yo‘li bo‘yida qurigan o‘t va xas-xashaklar yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 5 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 16:09 da yetib borgan, yong‘in soat 16:52 da qurshab olingan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q.

Vaziyat FVV rahbariyati tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech