Uy hayvoni qutqarildi

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatining “1050” qisqa raqamiga Namangan shahri Uychi ko‘chasidagi I.Z. honadonida sigir hommomning kanalizatsion qudug‘iga tushib ketganligini bildirishib, sigirni chiqarib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Qutqaruv guruhi voqea joyiga etib borishib, maxsus qutqaruv arqonlari yordamida sigirni  kanalizatsiya qudug‘idan chiqarib berishdi.

Mahalliy veterinar qutqarilgan uy hayvonini nazoratdan o‘tkazib jaroxat olmaganligini takidladi.

Davlat ramzlari