Xabarnoma

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi binosida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti to‘g‘risida

Joriy yilning 22 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati binosida navbatchi xizmatining yong‘in sodir bo‘lganda harakatlari bo‘yicha rejadagi maxsus-taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot g‘oyasi, O‘zekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati binosi xonasida yong‘in sodir bo‘lganda yong'inni bartaraf etish.

Tadbir davomida Mudofaa vazirligining yong‘inga qarshi navbatchi guruhining yong‘in sodir bo‘lgandagi harakatlari, kuchli tutun xolatida ishchi-xodimlarni evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha harakatlar ko‘rib chiqildi.

Belgilangan o‘quv signallar asosida O‘zekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi navbatchi xizmatlari va Ichki ishlar vazirligining yong‘in havfsizligi xizmatlari o‘z vaqtida voqea joyiga yetib borib, imitatsiya yordamida hosil bo‘lgan yong‘in o‘chog‘ini bartaraf etdilar.

 O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

 Matbuot xizmati