Xabarnoma

17-18 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasida kutilayotgan ob-havo

17 oktyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 18 oktyabr kuni respublika hududida ob-havo keskin o'zgarishi, yomg'ir yog'ishi, bazi joylarda yomg'irning kuchayishi, shamol tezligi 17-22 m/s (60-80 km/soat) gacha kuchayishi kutiladi.

17 oktyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 18 oktyabr kuni respublika hududida havoning harorati kunduzi 10-15˚C iliqgacha pasayadi.

Shuningdek, joriy yilning 18 oktyabr kuni respublikaning tog’li va tog’oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.