FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Yangiyo‘lda “KAMAZ” rusumli yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 26 may kuni soat 15:44da Yangiyo‘l tumani “Registon” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 830 km.da harakatlanib ketayotgan “KAMAZ” rusumli yuk avtomashinasining motor va kabina qismida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etishga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi jalb etilgan. Yong‘in-qutqaruvchilar voqea joyiga soat 15:54da yetib borib, soat 15:58da yong‘in qurshab olingan va soat 16:04da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida yuk avtomobili haydovchisi qo‘l qismidan 3 foiz kuyish tan jarohatini olib, shifokorlar tomonidan unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech