2019 yil 29 aprel kuni soat 02:00 larda O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R20 avtomobil yo‘lining 6 kmda Buxoro shahridan ziyoratdan qaytayotgan, salonida 53 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan d/r 01 366 SVA “Mersedes” rusumli avtobusining baloni yorilib ketishi natijasida boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilib yonboshlagan va avtobus yonishni boshlagan. Yo‘lovchilar avtobusdan zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Barcha yo‘lovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, 7 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jaroxati bilan 2 nafari O‘rtachirchiq tumani shifoxonasiga 5 nafari O‘zbekiston Respublikasi tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.
Ushbu avtobusda Toshkent viloyati Parkent tumaning 31 maktabining 37 nafari o‘quvchisi, 3 nafari o‘qituvchisi, 10 nafari ota-onalari hamda 3 nafari xaydovchi bo‘lishgan.