YTX NATIJASIDA XALOK BO‘LGANLAR VA JABRLANGAN O‘ZBEKISTON FUQAROLARIGA YORDAM KO‘RSATILDI

Joriy yilning 30 iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Rostov oblasti Aksay rayoni «Rostov-Volgodonsk» yo‘nalishining 11 kilometrida, «KAMAZ» rusumli yuk avtomobil, salonida 9 nafar yo‘lovchi bo‘lgan « Volkswagen -Transportyor» rusumli mikroavtobus bilan to‘qnashib ketgan.

Sodir bo`lgan YTX natijasida 3 nafar inson xalok bo‘lgan va 6 nafar inson turli darajada tan jaroxati olgan. Xalok bo‘lganlarning 2 nafar va jabrlanganlarning 3 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir.

Xalok bo‘lganlar:

  1. Norbutaev Asatulla Eshbekovich, 1963 y.t.
  2. Satarova Shaxnoza Abdulaxatovna, 1985 y.t.

Jarohatlanganlar:

  1. Saydamatov Saydulla Tajimatovich, 1965 y.t.
  2. Yunusov Jasur Ilxamovich, 1988 y.t,
  3. Choriev Saydulla Bobaevich, 1987 y.t.

Jabrlanganlar Rostov oblastining Aksay rayonidagi Aksai shahar markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Ularga kerakli tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

Bo`lib o`tgan xalokat yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi va "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi hamda mahalliy diasporaning birgalikdagi harakatlar natijasida 2018 yil 3 avgust kuni soat 22:10 da "O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasining "Rostov-Toshkent" yo'nalishi bo'ylab uchayotgan samalyoti halok bo`lgan ikki fuqoroning jasadlarini o'z vataniga etkazdi hamda dafn qilish uchun yaqinlariga topshirildi.

Davlat ramzlari