FVV ogohlantiradi:
6 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19*S iliq, kunduzi 23-28*S iliq bo'ladi.

Yuk avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 22 aprel kuni soat 11:35da Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Surum” MFYdan o‘tuvchi avtomobil' yo‘lda xarakatlanib ketayotgan “HOWO” rusumli yuk avtomashinasi boshqaruvni yo‘qotib beton to‘siqqa urilib ag‘darilib ketgan, natijada yuk avtomashinasining mator va kabina qismida yong‘in yuzaga kelgan.  

Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruvchilari soat 11:42da yetib borib, soat 11:44da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech