FVV ogohlantiradi:
21-25 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22*S iliq, kunduzi 33-38*Sgacha issiq bo'ladi.

Yunusobod tumani Bodomzor ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 11 sentyabr kuni soat 14:36da Yunusobod tumani Bodomzor ko‘chasida joylashgan “Grant somsa” oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshket shahar FVBning 6 ta yong‘in-o‘chirish ekipaji soat 14:39 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:02 da o‘rab olinib, soat 15:19 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab koladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech