Zilzila to`g`risida ma`lumot

“Toshkent” seysmostansiyasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2017 yilning 28 oktyabr kuni soat 22:45 da O`zbekiston Respublikasi hududida er silkinishi qayd qilingan. Zilzilaning epitsentri Toshkent shahridan janubiy-sharqiy yo‘nalishda 535 km uzoqlikda Afg`oniston Respublikasi hududida qayd etilgan. Epitsentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi M=5,7 ni tashkil etdi.

Respublika hududida seysmik faollik Toshkent shahrida 3 ballni tashkil etgan.

O`zbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik kuzatilmadi.