Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Rahbariyat

O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri

general-mayor Qo'ldoshev Abdulla Hamidullayevich

Telefon: (+99871) 234-11-56, faks: (+99878) 150-62-99

Qabul kunlari: har kuni soat 09.00 dan 11.00 gacha

Elektron pochta: info@fvv.uz

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining asosiy vazifalari:

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, axoli xayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek, tinchlik va urush vaqtida favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish  soxasida davlat siyosatini ishlab chikish va amalga oshirish;

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi xatti-xarakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT) ni tashkil etish va faoliyatini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muxofazasiga raxbarlik qilish;

O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini, mamlakat hududini, respublikaning milliy boyligi bo‘lgan ob’ektlarni muxofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishni tashkil qilish hamda amalga oshirish;

Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublpkasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar xokimliklarining aholini va milliy boyliklarni muhofaza kilish, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

Yirik favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish, ushbu maqsad uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalarni tashkil etish va ularning tayyorligini ta’minlash;

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga, axolini, mamlakat hududini muhofaza qilishga hamda favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda xalq xo‘jaligi ob’ektlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirishga karatilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish;

Moliya, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarining davlat favqulodda zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borish;

Aholini, FVDT mansabdor shaxslarini va tuzilmalarini favqulodda vaziyatlardagi harakatlarga tayyorlashni tashkil etish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha halqaro hamkorlikni tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining huquqlari:

Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar bajarishi majburiy bo‘lgan fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar, avariyalar va halokatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirib borish uchun zarur bo‘lgan qarorlarni belgilangan tartibda, o‘z vakolati doirasida qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklardan, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan Vazirlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va ma’lumotlarni belgilangan tartibda talab qilish va olish;

Vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va ob’ektlarni o‘z vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha tekshirishlarni belgilangan tartibda o‘tkazish;

Mamlakatimiz va chet el mutaxassislarini hududlarni, xavf-xatar mavjud bo‘lgan ob’ektlar va ishlab chiqarishlarni davlat ekspertizasidan o‘tkazishga jalb etish;

Avariya-qutqaruv texnikasini yaratish, avariya va halokatlardan zarar ko‘rgan aholini va hududlarni sog‘lomlashtirish va tiklashga doir ishlarni amalga oshirish yuzasidan ish bajaruvchilar (firmalar) bilan, shu jumladan, xorijlik ish bajaruvchilar (firmalar) bilan belgilangan tartibda kontrakt (shartnoma)lar tuzish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar bilan kelishilgan holda, boshqa sohalardagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini amalga oshirish uchun doimiy tayyorgarlikning zarur hududiy kuchlari va vositalarini jalb etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri:

Vazirlik hamda unga qarashli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va tuzilmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasining davlat va boshqa organlari hamda tashkilotlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda Vazirlik nomidan vakillik qiladi;

Vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning javobgarlik darajalarini hamda Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari rahbar-larining javobgarlik darajalarini belgilaydi, belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasini va shtatlar ro‘yxatini shuningdek, tegishli davr uchun tasdiqlangan byudjet ajratmalari doirasida ularni mablag‘ bilan ta’minlash xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;

Buyruqlar, direktivalar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

Vazirlikning oliy ofitserlar tarkibi ishlaydigan lavozimlari ro‘yxati to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparatida va unga qarashli tashkilotlarda oliy ofitserlar tarkibi ishlaydigan lavozimlarga tayinlashlar to‘g‘risida hamda xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni lavozimdan ozod qilish to‘g‘risida, ularga oliy ofitserlar tarkibi harbiy unvonlari berish to‘g‘risida, ularni harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

Mudofaa vazirligining ofitserlar tarkibi uchun belgilangan tartibda va muddatlarda ofitserlarga polkovnik (uni ham qo‘shgan holda) darajasigacha harbiy unvonlar beradi;

Favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalari (bo‘linmalari) boshliqlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari bilan kelishgan holda lavozimiga tayinlaydi;

Vazirlik tizimining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash hamda ularga faxriy unvonlar berish, shuningdek, idoraviy mukofotlar ta’sis etish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

Xodimlarni, shuningdek harbiy xizmatchilarni xizmat safarlariga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safarlariga, belgilangan tartibda yuboradi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligini mablag‘ bilan ta’minlash uchun ajratiladigan kreditlarning bosh tasarrufchisi hisoblanadi;

Davlat byudjeti hisobidan ajratilgan moddiy mablag‘larni hamda xizmat resurslari uchun belgilangan muddatni o‘tab bo‘lgan moddiy-texnik vositalarni ro‘yxatdan chiqarishga oid hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ob’ektlar, texnik vositalar, asbob-uskunalar va qurol-yarog‘larga doir ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha loyihalash va texnik xulosalar berish yuzasidan topshiriqlarni tasdiqlaydi;

Avariya-qutqaruv tuzilmalari uchun qurol-yarog‘larning, texnika va texnik vositalarning yangi turlarini loyihalash yuzasidan topshiriqlarni, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun taktik-texnik topshiriqlarni tasdiqlaydi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining asosiy vazifalari (DOC): (0.04 Мб)

  • O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining asosiy vazifalari (PDF): (0.19 Мб)

O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o'rinbosari

Vakant

Telefon: (+99871) 234-26-80,  faks: (+99878) 150-62-99

Qabul kunlari: har kuni soat 09.00 dan 11.00 gacha

Elektron pochta: info@fvv.uz

 

 

Vazir birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

Vazirlik Markaziy apparati, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarning tezkor va safarbarlik tayyorgarligini tashkillashtirish;

Qurolli kuchlar Birlashgan shtabi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat Bojxona qo‘mitalari bilan vazirlikning hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy tadbirlar rejalarini ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;

Vazirlik hay’ati yig‘ilishlarini o‘tkazilishini tashkillashtirish, hay’at yig‘ilishlari xujjatlarini ishlab chiqish va umumlashtirish, yig‘ilish qarorlarida belgilangan talablarning bajarilishini nazorat va tahlil qilish;

Qurolli kuchlar Birlashgan shtabi bilan hamkorlikda vazirlikning safarbarlik tadbirlarini tashkillashtirish;

Qutqaruv tuzilmalarini doimiy shayligini ta’minlash, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda, sodir etilgan terroristik xurujlar oqibatlarini bartaraf etish chog‘ida qutqaruv tuzilmalarini boshqarish va tezkor harakatlarini muvofiqlashtirish;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududiy va funksional quyi tizimi kuch va vositalari hamda vazirlikning tezkor bo‘ysinuvidagi kuch va vositalari bilan hamkorlik qilish va faoliyatini muvofiqlashtirish;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlash;

Soha yo‘nalishida axborot – tahlil, statistik va monitoring ishlarini tashkillashtirish;

Tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar hamda terroristik xurujlar sodir bo‘lganda ularning oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilgan holda bashoratlash ishlarini amalga oshirish;

Vazirlik Markaziy apparatida tezkor navbatchilikni tashkillashtirish;

Vazirlik tizimini kundalik faoliyatida va alohida davrda hamda qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish davrida barqaror aloqa bilan ta’minlash;

Mudofaa va Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda transchegaraviy favqulodda vaziyatlar hududlari mavjud bo‘lgan qo‘shni davlatlarning aloqa xizmatlari bilan hamkorlikda aloqa tizimining shayligini ta’minlash;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining barcha darajalari va bo‘g‘inlarida aholini xabardor qilish tadbirlarini tashkillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Aholini xabardor qilish  viloyatlar ichki tizimi va mahalliy xabar berish tizimlarining qurilishi va qayta qurilish tadbirlarini texnik tomondan nazorat qilish.

Vazir birinchi o‘rinbosarining asosiy funksiyalari:

Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo‘lganda harakat qilish  sohasida davlat siyosatini hayotga tadbiq etish;

Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, profilaktika qilish va sodir bo‘lganda bartaraf etish masalalarida FVDT funksional va hududiy quyi tizimlarining navbatchilik qismlari bilan hamkorlikdagi ishlarni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;

Respublika hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda bartaraf qilish tadbirlarini rejalashtirish, vazirlik tizimi bo‘ysinuvidagi boshqaruv organlariga tezkor vazifalarni o‘z vaqtida etkazish;

Vazirlik Markaziy apparati, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarning jangovar shayligi bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, tashkillashtirish va amalga oshirish, mazkur masalalar yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va direktivalari loyihalarini tayyorlash;

O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish harakatlari rejasiga muntazam ravishda aniqliklar kiritib borish;

Mobil boshqaruv punktlarining yoyilishini takillashtirilishida va ulardagi tezkor guruhlarning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish va ishini nazorat qilish;

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda qutqaruv xizmatlari va tuzilmalariga rahbarlik qilish;

Fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda bartaraf etish masalalariga oid me’yoriy-huquqiy xujjatlar loyihalarini ishlab chiqilishini tashkillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarning texnika, jixoz, uskuna va maxsus kiyim-kechak bilan ta’minlash ishlarini nazorat qilish;

Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkiliy-shtat tizimini takomillashtirilishini tashkillashtirish va ushbu masala yuzasidan vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish;

Qo‘mondon-shtab, maxsus-taktik va safarbarlik o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va o‘tkazish;

Vazirlik Markaziy apparatini yuqori jangovar tayyorgarlik darajalariga keltirish rejalarini ishlab chiqilishini tashkillashtirish va muntazam ravishda aniqliklar kiritib borish;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari bilan o‘quv yig‘inlarini hamda malaka oshirish tadbirlarini rejalashtirish;

Sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va muntazam ravishda tahlil qilib borilishini tashkillashtirish;

Belgilangan muddatlarda jangovar boshqaruv signallarni (ko‘rsatmalarni) qabul qilish va yetkazilishini hamda axborot аlmashinuvini sifatli va kechiktirmasdan amalga oshirilishini ta’minlash.

  • Vazir birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari (DOC): (0.04 Мб)

  • Vazir birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari (PDF): (0.18 Мб)

Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo'yicha vazir o'rinbosari​

Vakant

Telefon: (+99871) 212-68-00

Qabul kunlari: har kuni soat 09.00 dan 11.00 gacha

Elektron pochta: info@fvv.uz

Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo'yicha vazir o'rinbosari​ning asosiy vazifalari

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining talablariga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi;

Vazirlikning nazorat qilinadigan tarkibiy bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning xodimlari o'rtasida majburiyatlarni taqsimlash;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish,vazirlikning unga tegishli yo'nalishlari to'g'risida kontseptsiyalarni, kompleks dasturlarni va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishning tanqidiy va chuqur tahlilini o'tkazish;

Tarkibiy bo'linmalar tomonidan nazorat qilinadigan prognoz ko'rsatkichlariga erishishni mutlaqo kafolatlash chora-tadbirlarini ko'rish, bo'lim boshliqlarining hisobotlarini muntazam tinglash va ushbu ko'rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy mas'uliyatini oshirish;

Nazorat qilinadigan tuzilmalar bo'linmalari rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;

Vazirlar kengashining qarorlarini, vazirlik buyruqlari va ko'rsatmalarini o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;

Nazoratchilar tarkibida kadrlarni tanlash va joylashtirish bo'yicha takliflarni taqdim etish, ularning kasbiy mahoratini, malakasini, ish tajribasini, ishchanlikning yuqori darajasi va axloqiy va ma'naviy sifatlarini ta'minlash, ularning kasbiy malakalarini oshirish, nazorat qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning taklif va loyihalarini to'liq va har tomonlama ko'rib chiqish,ularning huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa tajribalari o’tkazish;

Vazirlikni takomillashtirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, faoliyat doirasiga oid masalalar, takliflar ishlab chiqish, qonunchilikni takomillashtirish va ularni Vazirga taqdim etish;

Vazirga vazirlikni ilgari surish va jalb qilish bo'yicha takliflar kiritish, nazorat qilinadigan tuzilmalar bo'linmalari rahbarlari va xodimlarining intizomiy javobgarligini, shu jumladan o'zlarining doimiy faoliyatining maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish, funktsional majburiyatlarni bajarish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish va tayinlangan vazifalar bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Davlat xizmatlarini samaradorligini oshirish, sifati va imkoniyatlarini oshirish bo'yicha Vazirga takliflar kiritish;

Davlat sirlari va tasniflangan axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish.

Aholini va hududlarni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini bajarilishini muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshiradi.

Davlat hokimiyati organlarida favqulodda holatlardan, xo'jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlar bilan ta'minlaydi, ular o'z vazifalarini bajarishda zaruriy metodik va amaliy yordam ko'rsatadi;

Aholi va hududlarni radiatsiyaviy tahdidlar, kimyoviy va biologik (bakteriologik) kontaminatsiya (ifloslanish) tahdidlaridan himoya qilish va oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar sohasidagi davlat boshqaruv organlari bilan birgalikda rivojlanishni nazorat qiladi;

Zilzilalar, xavfli geologik va gidrometeorologik hodisalar, texnogen falokatlar davrida aholiga va iqtisodiy ob'ektlarga tahdidlarning oldini olishni tashkil qiladi;

Tabiiy va texnogen xususiyatdagi tahdidlarni kamaytirish uchun fuqarolik muhofazasi va aholi bilan profilaktika ishlari sohasida iqtisodiy ob'ektlarning tayyorlanishini tashkil etadi;

Aholi va boshqaruv xodimlarini o'qitishni tashkil etishni,shuningdek fuqarolik muhofazasi tuzilmalarini tayyorlashni boshqaradi;

Favqulodda vaziyatlarning lokalizatsiya qilish va oqibatlarini bartaraf etish jarayonida zararli moddalarni zararsizlantirish va dezinfektsiya qilish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishni boshqaradi.

Muntazam kimyoviy-radiometriyani tashkil qiladi,yerning biologik (bakteriologik) nazorati, axborot-tahliliy ishlarni olib borish va radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik (bakteriologik) kontaminatsiyaga olib kelishi mumkin bo'lgan tabiiy, texnogen va ekologik vaziyatning oldini olish, oldini olish va tugatish sohasidagi takliflarni ishlab chiqadi;

Fuqarolik muhofazasi zaxiralari va xo'jalik ob'ektlarida saqlanayotgan mol-mulk omborlarida radiatsiyaviy va kimyoviy himoya vositalarining laboratoriya tekshiruvlarini belgilangan tartibda amalga oshirishni tashkil etadi;

Ommaviy qirg'in qurollari yoki uning tarkibiy qismlarini ishlatish bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo'yicha tadbirlarni rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirishga rahbarlik qiladi;

Vazirlikning tuzilmaviy bo'linmalari, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholida ularning harakatga tayyorlash bo'yicha vazirlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lgan hujjatlar, idoralar va vazirliklarning markaziy apparati mustaqil bo'linmalari, hududiy boshqarmalar boshliqlarining so'rovlarini talab qiladi.

  • Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo'yicha vazir o'rinbosarining asosiy vazifalari (0.11 Мб)

  • Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo'yicha vazir o'rinbosarining asosiy vazifalari (0.04 Мб)

Vakant

  • Moddiy – texnik ta'minot va moliya iqtisod bo'yicha vazir o'rinbosarining asosiy vazifalari (0.17 Мб)

  • Moddiy – texnik ta'minot va moliya iqtisod bo'yicha vazir o'rinbosarining asosiy vazifalari (0.02 Мб)

Kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha vazir o‘rinbosari

polkovnik Abdijalilov Kamil Xalbaevich

Telefon: (+99871) 212-65-86,  faks: (+99878) 150-62-99

Qabul kunlari: har kuni soat 09.00 dan 11.00 gacha

Elektron pochta: info@fvv.uz

Asosiy vazifa va funksiyalari

 Vazirning kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari – vazirga bo‘ysunadi hamda shaxsiy tarkibning tarbiyasi, harbiy intizomi, ahloqiy-ruhiy ahvoli va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi, harbiy xizmatchilar, ularning oila a'zolari va noharbiy xodimlarning ijtimoiy-huquqiy muhofazasiga, vazirlik tizimidagi ijtimoiy-huquqiy, axborot, ruhiy va madaniy-hordiq ta'minoti uchun javob beradi.

Yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek, vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

vazirlik Markaziy attestasiya komissiyasining faoliyatini nazorat qilib, belgilangan muddatlarda yig‘ilishlarini tashkil etadi;

FVDTga kiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari va mutaxassislari hamda fuqaro muhofazasi kuchlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning samarali tizimini ta'minlaydi, ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlaydi;

aholi, mansabdor shaxslar, fuqaro muhofazasi boshqaruv organlari

va tuzilmalari, FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha o‘qitish dasturlarining ishlab chiqilishini nazorat qiladi

va amaliyotga tatbiq etadi;

ta'lim muassasalarida hayot faoliyati xavfsizligi, fuqaro muhofazasi hamda qutqaruvchilarni maxsus tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqadi va kelishadi;

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholini tayyorlash jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilishni va keng foydalanishni ta'minlaydi;

FVDT faoliyatining ilmiy-texnik ta'minotini amalga oshiradi, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi tadbirlarining bajarilishini nazorat qiladi;

FVV tizimiga kiruvchi organlar, tuzilmalar va tashkilotlarga ilmiy ko‘mak ko‘rsatishni tashkil etadi;

vazirlik va FVDT faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli mutaxassislarni vazirlik tasarrufidagi hamda boshqa, shu jumladan, xorijiy ta'lim muassasalarida tayyorlashni tashkil etadi;

vazirlik hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarining shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilari, xizmatchilari hamda FVDT tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning mansabdor shaxslarini

va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtiradi;

ilmiy-texnik dasturlar va innovasion loyihalarning davlat buyurtmachisi hisoblanadi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, seysmik kuzatuvlar, favqulodda vaziyatlardan

va yong‘inlardan muhofaza qilishga mo‘ljallangan mavjud yong‘in-qutqaruv texnikalari, jihozlari va boshqa vositalarni takomillashtirish

va yangilarini yaratish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob'ektlari faoliyatining barqarorligini oshirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari olib borilishini nazorat qiladi;

qo‘shma ilmiy loyihalarni ro‘yobga chiqarish va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish bo‘yicha mahalliy va xorijiy oliy ta'lim hamda ilmiy muassasalar bilan hamkorlik ishlarini nazorat qiladi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta'minlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv ob'ektlarida insonlar hayotini muhofaza qilish hamda favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob'ektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va qatnashadi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovasion faoliyatni moliyalashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli qismda takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohalarida o‘rnatilgan tartibda xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda, xalqaro bitim, kelishuv, shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;

vazirlik tarkibiga kiruvchi organlar va tuzilmalar xodimlari, pensionerlar hamda ular oila a'zolarining huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta'minlaydi;

vazirlik kasbiy faoliyatiga oid yo‘nalishlarda turli tanlovlar

va musobaqalarni tashkil qiladi;

vazirlik tuzilmalari shaxsiy tarkibini birlamchi kasbiy va ruhiy tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, seysmik kuzatuvlar, favqulodda vaziyatlardan va yong‘inlardan muhofaza qilishga mo‘ljallangan mavjud yong‘in-qutqaruv texnikalari, jihozlari

va boshqa vositalarni takomillashtirish va yangilarini yaratish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob'ektlari faoliyatining barqarorligini oshirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirilishini tashkillashtiradi;

vazirlik tarkibiga kiruvchi organlar va tuzilmalar xodimlari, pensionerlar hamda ular oila a'zolarining ijtimoiy himoyasini ta'minlaydi;

rahbarligidagi tuzilmalarda davlat sirlari va xizmat ma'lumotlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;

jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarini shaxsan qabul qiladi;

hududlarda ommaviy va sayyor qabullar o‘tkazadi, yakuni bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilaydi.

  • Asosiy vazifa va funksiyalari (0.07 Мб)

Qurilish va muhandislik muhofazasi bo'yicha vazir o'rinbosari

polkovnik Juraуev Shuxrat Xujamberdiуevich

Telefon:  (+99871) 234-26-80,  faks: (+99878) 150-62-99

Qabul kunlari: har kuni soat 09.00 dan 11.00 gacha

Elektron pochta: info@fvv.uz

Asosiy vazifa va funksiyalari

vazirning qurilish va muhandislik muhofaza ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – vazirga bo‘ysunadi, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatdagi ob'ektlarda, shuningdek, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan qurilish ishlarini, rekonstruksiya, kapital ta'mirlash, muhandislik-qurilish, o‘rmonchilik

va meliorativ tadbirlarni tashkil etishga javob beradi.

vazirlik ehtiyojlari uchun kapital, shu jumladan uy-joy qurilishi, bino va inshootlarni ta'mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etadi;

vazirlikning qurilishi tugallangan ob'ektlarining davlat qabul komissiyasidan o‘tkazilishini tashkil etadi;

vazirlik balansidagi bino va inshootlarni saqlash, foydalanish

va xizmat ko‘rsatish tadbirlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;

vazirlikning kapital qurilish va ta'mirlash ob'ektlari, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, turar joy fondi, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmalari ob'ektlari bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini bajaradi va loyihaviy qarorlarning samaradorligini ta'minlaydi;

daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlarini tashkillashtiradi va o‘tkazilishi ta'minlaydi, shuningdek, ushbu jarayonda o‘zanlardan qum-shag‘al materiallarini maqsadli qazib olinishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

cho‘l, yarim cho‘l, dasht va tog‘li hududlarda o‘simlik qoplamalarini tiklash va mustahkamlashga qaratilgan kompleks tadbirlarni tashkillashtirishni va amalga oshirishni, o‘stirilgan o‘simliklarning parvarishini ta'minlaydi;

buysunuvidagi tuzilmalarda ijro intizomi holatini muhokama qilib, tegishli chora-tadbirlar belgilaydi, ijro intizomini ta'minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlarga nisbatan choralar ko‘rish bo‘yicha vazirga takliflar kiritadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarini shaxsan qabul qiladi;

hududlarda ommaviy va sayyor qabullar o‘tkazadi, yakuni bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilaydi.

  • Asosiy vazifa va funksiyalari (0.06 Мб)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech