Iqlim
O‘zbekiston Respublikasi Evro-Osiyo mintaqasining markazida, yani 37 va 45 °С shimoliy kenglik, 56 va 73 gradus sharqiy kenglikda joylashgan. Uning umumiy maydoni 447.7 ming km2 ni tashkil etib, shundan 78.8% ni tekisliklar, 21.2% ni tog‘ va tog‘ oldi hududlar egalaydi. Xududining deyarli 5/4 qismi yarimcho‘l va cho‘l, qolgan qismi janubiy-sharqiy va sharqiy xududlarda baland tog‘lardan tashkil topgan.
O‘zbekiston kontinental iqlimining vujudga kelishida uning geografik o‘rni va u bilan bog‘liq quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulatsiyasi ta’sir etadi. Uzoq qurg‘oqchilik va issiq yoz, yomg‘irli bahor va noustivor qishdan tashkil etadi.
Mamlakat hududiga har-xil turdagi havo oqimlarining oqib kirishi uchun ochiq, Shimol, shimoliy-g‘arb va g‘arbiy tarafdan bepoyon tekisliklarga atlantika va arktika havo oqimlari kirib keladi. Respublikida iyul oyining o‘rtacha havo harorati shimolda 26 °C dan janubga 30 °C gacha o‘zgaradi. Yanvar oyining o‘rtacha havo harorati shimolda minus 8 °С gacha, janubda esa 0 °С gacha pasayadi. Eng past havo harorati minus 38 °C ni tashkil (Ustyurt tekisliklarda) yetadi.
Yozda cho‘l hududlarining qizishi natijasida kontinental tropik havo vujudga kelib, qattiq qurg‘oqchilik bilan ajralib turadi. Ushbu hududlarda yog‘ingarchilik juda oz (80-200 mm/yiliga) bo‘lib, ularni o‘zgaruvchanligi o‘ta yuqori. Orol dengiziga yog‘ingarchiliklarni miqdori ta’sir ko‘rsatmaydi, faqatgina qirg‘oqqa yaqin hududlarda namgarchilik oshadi.
Tog‘ oldi hududlarda yog‘ingarlik miqdori oshadi. Tog‘liklarning qiyaliklarida nam havo oqimi 600-800 mm.gacha va undan yuqoriga oshadi. Tog‘li hududlarda qishki-bahorgi mavsum oylarida qor ko‘chkisi xodisalari, kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel va suv toshqinlari kuzatiladi.
So‘nggi o‘n yillikda dunyo miqiyosida iqlimning isishi kuzatilib, buning sababi antropogen natijasida avtmosferaga parnik gazlarni chiqarilishi, shuningdek iqlimga boshqa ta’sir etuvchi omillar natijasida ko‘tarilmoqda.
2015 yilda respublikaning katta qismida o‘rtacha yillik havo harorati iqlimning me’yoridan 0.8-2.2 °C ga ko‘tarilgan (rasm 1.).