FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

“HILTON” mehmonhonasida “Lisenziyalash hamda ruxsatnoma berishga doir hujjatlarni takomillashtirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 3 mart kuni Toshkent shahrida joylashgan “HILTON” mehmonhonasining “Toshkent-2” konferensiya zalida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, AQSh Xalqaro rivojlanish agentligining (USAID) O‘zbekistondagi vakolatxonasi va tegishli vazirlik hamda tashkilotlarning mas'ul xodimlari ishtirokida “Lisenziyalash hamda ruxsatnoma berishga doir hujjatlarni takomillashtirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda xalqaro ekspert Roman Ladush “Tabdirkorlik faoliyatini tartibga solish yo‘li orqali lisenziya va ruxsat berish jarayonini isloh etish” mavzusida so‘zga chiqib, mamlakatimizdagi biznes muhitni har taraflama qulay qilish uchun tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil usullarini keng joriy qilish yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.
Davra suhbati yakunida lisenziyalash hamda ruhsatnoma berishga doir hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha idoralararo tuzilgan ishchi guruh tomonidan, amalda bo‘lgan lisenziya va ruhsat beruvchi hujjatlarni qisqartirish, tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan tizimli ishlar natijalari muhokama qilindi. Muhokama jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizasiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizasiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish” bo‘yicha lisenziyalash komissiyasining ishchi guruhi a'zolari tomonidan ushbu lisenziyalanadigan faoliyatini maxsus blankalarda rasmiylashtirish amaliyotidan to‘liq voz kechib, elektron so‘rovnoma shakllarni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali rasmiylashtirish va elektron QR-kod (matrik shtrixli kod)larni berish yo‘li bilan, xabardor qilish tartibiga o‘tkazish yuzasidan takliflar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech