Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
23 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbiy yo'nalishdan sharqiy yo'nalishga o'zgarib 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27 С iliq bo‘ladi.

Paxta tozalash zavodida maxsus-taktik o‘quv mashqi

2018 yilning 10 yanvar kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan «O‘zbekiston» paxta tozalash zavodida «FVDqTning favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi harakatlari» mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Unda Toshkent viloyati hududidagi paxta tozalash zavodlari mas’ul vakillari, tuman jamoat tartibining saqlash, tibbiyot, yong‘in xavfsizligi xizmatlari, «O‘zpaxtasanoat» AJ, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy tuzilmalari ofitserlari  ishtirok etdilar.

O‘quv mashqining nazariy qismida tadbir ishtirokchilariga paxta xomashyosini qayta ishlash va saqlashda xavfsizlik qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar borasida atroflicha ma’lumotlar yetkazildi. Shu bilan birga, zavod rahabariyati tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga oid ma’ruzalar o‘qib eshittirildi.

Mashg‘ulotning amaliy qismida:

favqulodda vaziyatlarda rahbarlar tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining  harakatlari;

favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda FVDT xizmatlarining hamkorligi;

qutqaruv jarayonida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining qutqaruv asbob-anjomlaridan foydalanishi bilan bog‘liq vazifalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha FVDT xizmatlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari namoyish etildi.

O‘quv mashqining g‘oyasiga ko‘ra, zavod binosida shartli vaziyatga ko‘ra yong‘in sodir bo‘ldi. Binodagi xodimlar, qimmatbaho buyumlar hamda zavoddagi avtotransport vositalari xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. FVDT xizmatlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining olib borgan tezkor choralari natijasida yong‘in bartaraf etildi.

Mashg‘ulotga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sektor mudiri I.Sobirov, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari K.Aripov, hokimiyat vakillari, IIB hamda Toshkent viloyati prokuraturasi rahbarlik qildilar.

Tadbir ishtirokchilari favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harkat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.  

MTO‘M yakuni bo‘yicha FVVning hududiy tuzilmalariga respublikamizning barcha paxta tozalash zavodlarida shunday o‘quv mashqlarini o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 

FVV Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

Maxsus xabarnoma

Fargona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan malumotga asosan, 2018 yil 22 sentyabr kuni soat 06:00larda Oltiariq tumani Belariq MFY hududidan otuvchi PK- 51.2 Navbahor Uch uy Olti…

Maxsus xabarnoma

Avval habar berganimizdek, Buxoro viloyati Kogon shaxrida sodir bolgan kongilsizlik oqibatida jabrlangan va halok bolgan shaxslarning royhati. Vafot etgan fuqarolar: Xilola Jumaeva, 1982 y.t. Ergashe…

MAXSUS XABARNOMA

Joriy yilning 18 sentyabr kuni ertalab soat 08:30larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan otuvchi Buxoro-Qorovulbozor magistral yolida 26 nafar yolovchisi bolgan avtobusining metan gaz baloni por…

Axborot xabarnomasi

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi malumotiga kora 2018 yil 15 sentyabr kuni soat 00:40 da Sankt-Peterburg shahri Nevskiy rayoni Gluxoozyorsk kochasi 11 uydagi angarda yongin sodir …

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech