FVV ogohlantiradi:
31 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimol hamda cho‘l hududlarida 40-42*S gacha issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida qo`mondonlik-shtab o`quv mashqlari o`tkazilmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2017 yil asosiy tadbirlar rejasiga asosan joriy yilning 21-25 noyabr kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida qo‘mondonlik shtab-o‘quv mashqlari (QSHO‘M) o‘tkazilmoqda.

O‘quv mashqining asosiy maqsadi, zilzila va uning ikkilamchi omillari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha viloyat boshqaruv organlari kuch va vositalarining harakatlarini muvofiqlashtirishdan iborat.

O`tkazilayotgan qo`mondonlik-shtab o`quv mashqlariga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari FVDqT xizmatlarining hududiy tuzilmalari, viloyat va tuman hokimliklari, kommunal soha, jamoat tartibini saqlash, tez tibbiy yordam, avtotransport xizmatlari hamda hududlardagi mahalla aholisining bir qismi jalb etilmoqda.

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech