2017 yilning 1 dekabr kuni soat 16:30 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcheriga Forish tumani IIB navbatchisi qo‘ng‘iroq qilib, Forish tumani “Egizbuloq” QFY hududidan o‘tuvchi 4R-36 yo‘lining 42-km da qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan ikkita “Lasetti” rusumli yengil avtomobillarining to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi, 4 nafar fuqaro jarohatlanib avtomobil ichida qisilib qolganligi to‘g‘risida xabar beradi.
Ushbu xabarga asosan boshqarma qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib borishadi. Yo‘l transport hodisasi natijasida avtoulov ichida qisilib qolgan fuqarolarni maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib olib tibbiyot xodimlariga topshirishadi. Jarohatlangan 4 nafar fuqarolar Forish tumani shifoxonasiga yotqizilgan.