FVV ogohlantiradi:
21-25 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22*S iliq, kunduzi 33-38*Sgacha issiq bo'ladi.

Tikuv sexida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Joriy yilning 14 iyun kuni taxminan soat 01:44 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga (FVB) Xo‘jabod tumani “Mustahkam” MFY, E.Qosimov ko‘chasi 17-uyda joylashgan “Xo‘jarbod Fayz-M” MChJ hududida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan. 

Yong‘in oqibatida taxminan 1200 m2 maydonining ichki qismidagi tikuv dastgohlari va yarim tayyor mahsulotlariga zarar yetgan. 

Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat FVBning rahbariyati boshchiligida 13 ta yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 02:15 da o‘rab olinib, 03:45 to‘liq bartaraf etildi. 

Qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari tufayli mazkur sexning yerto‘lasidagi qiymati 3 milliard so‘mlik tayyor mahsulotlar, 6 ta “Isuzi” avtobusi saqlab qolindi.

Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech